Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Levandovski: «Eng yaxshi ko‘rgan murabbiyim – Klopp, Gvardiola – 2-o‘rinda»

Levandovski: «Eng yaxshi ko‘rgan murabbiyim – Klopp, Gvardiola – 2-o‘rinda»

Автор: admin

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rgan murabbiylari haqida fikr bildirdi.
«Faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy – Yurgen Klopp. Ikkinchi o‘rinda esa Xosep Gvardiola. Klopp o‘yinchilar bilan shunday munosabatda bo‘ladiki, futbolchilar uni o‘z otalaridek his qilishadi. Murabbiylik borasida esa u senga istalgan gapni, hattoki qattiqroq gaplarni ham gapirishi mumkin. 
Klopp futbolchilarga juda kuchli motivatsiya beradi. Uning ish uslubini mukammal deya olaman. U qachon futbolchiga bosim o‘tkazish kerakligini, qay vaqtda esa ruhan qo‘llab-quvvatlash lozimligini juda yaxshi biladi. Yurgen hech qachon chegaradan o‘tmaydi. Uning ishi hayratlanarli», - deya Levandovskining so‘zlarini keltirmoqa ESPN.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski Dortmundning «Borussiya» klubi safida Yurgen Klopp qo‘l ostida to‘p surgan.
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *