Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Villian uchun kurashda «Arsenal»da bitta raqobatchi qoldi

Villian uchun kurashda «Arsenal»da bitta raqobatchi qoldi

Автор: admin

«Chelsi» bilan shartnomasini uzaytirishni istamayotgan Villian yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi oydinlashgan, deya yozmoqda The Athletic nashri.
Manbaning xabar berishicha, braziliyalik futbolchi uchun kurashayotgan to‘rt klubdan faqat ikkitasi futbolchi uchun asosiy da’vogarligicha qolmoqda. Avvalroq, Villian uchun «Chelsi», «Arsenal», «Barselona» va «Inter Mayami» klublari kurash olib borayotgan edi, hozirda esa faqat «Arsenal» hamda nomi sir tutilayotgan klub qolgan.
Nashrning qayd etishicha, Villian katta ehtimol bilan yangi mavsumni «Arsenal»da boshlaydi. Sababi «kanonirlar» rahbariyati 31 yoshli braziliyalik futbolchi istayotgandek 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Klub bosh murabbiyi Mikel Arteta ham Villian bilan suhbatlashib, unga ishonch bildirishini ma’lum qilgan. 
Ma’lumot uchun, Villian ushbu mavsumda «Chelsi» safida 47 o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *