Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Dibala – A Seriyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi. Ronaldu laureatlar qatoriga kiritilmadi

Dibala – A Seriyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi. Ronaldu laureatlar qatoriga kiritilmadi

Автор: admin

A Seriya rasmiy sayti Italiya chempionati 2019/20 yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra, individual sovrinlar bo‘yicha laureatlarni e’lon qildi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha tanlangan futbolchilar Netco Sports’ning A Seriya o‘yinlari, kubok va Superkubok uchrashuvlaridagi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Eng yaxshi darvozabon: Voychex Shchensni («Yuventus»);
Eng yaxshi himoyachi: Stefan de Vrey («Inter»);
Eng yaxshi yarimhimoyachi: Alexandro Gomes («Atalanta»);
Eng yaxshi hujumchi: Chiro Immobile («Latsio»);
Eng yaxshi yosh futbolchi: Deyan Kulusevski («Parma»);
Eng yaxshi o‘yinchi (MVP): Paulo Dibala («Yuventus»).
Ma’lumot uchun, argentinalik forvard yakunlangan mavsumda 33 o‘yinda maydonga tushib, 11 gol va 11ta assist amalga oshirib, «Yuve»ga ketma-ket 9-marta Italiya chempioni bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi. 
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ushbu sovringa Krishtianu Ronaldu munosib topilgan edi. Bu safar portugaliyalik hujumchi laureatlar safiga kiritilmagan.
112   

Комментарии
(1)

  1. Ronaldo 4 августа 2020 23:21
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Necta gol urgan
Добавить комментарий
Ваше имя: *