Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Adebayor: «Mourino – futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy»

Adebayor: «Mourino – futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy»

Автор: admin

«Tottenhem» sobiq futbolchisi Emmanuel Adebayor hozirda London klubini boshqarayotgan Joze Mourinoni jahonning eng yaxshi murabbiyi deb bilishini ma’lum qildi.
«Mourinoni juda yaxshi ko‘raman, u bilan birga ishlaganimda munosabatlarimiz a’lo darajada edi. Aynan u menga ishonib «Real»ga taklif qilgandi. Bu katta sharaf edi, zero Madrid klubiga hamma ham taklif etilmaydi. 
Faoliyatimda erishgan yagona sovrin – Ispaniya kubogidagi g‘oliblikni aynan Mourino boshqaruvida qo‘lga kiritganman. Hozirda «Tottenhem»ga aynan u bosh murabbiylik qilayotganidan xursandman. Jozega omad tilab qolaman. Uni futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiy deb hisoblayman», - deya togolik hujumchining so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Ma’lumot uchun, Adebayor 2011 yilda «Real» safida to‘p surib, 14 o‘yinda 5ta golga mualliflik qilgan.
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *