Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA koronavirus tufayli o‘yinni o‘tkaza olmagan klublarga texnik mag‘lubiyat yozadi

UEFA koronavirus tufayli o‘yinni o‘tkaza olmagan klublarga texnik mag‘lubiyat yozadi

Автор: admin

UEFA yevrokuboklarning keyingi mavsumi uchun mo‘ljallangan reglamentni ishlab chiqdi. Unda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar bor.
UEFA har bir bosqich qur’asidan oldin mamlakatlar o‘rtasidagi harakatlanish cheklovlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi. 
Klublar qur’aga 2 kun qolganida mahalliy hukumat o‘rnatgan cheklovlar haqida UEFAni xabardor qilishi lozim. Agar bunday ma’lumot bo‘lmasa, UEFA o‘z manbalaridagi ma’lumotlarga tayanadi. Agar klub maydonga tushish imkonini topmasa, unga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Agar hukumat tomonidan mamlakatga kirish cheklovlari o‘rnatilgan bo‘lsa, klub o‘yinni neytral maydonda o‘tkazish imkonini topishi va bu haqda taklifni berishi lozim. Aks holda, texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Agar klublar mahalliy hukumat cheklovlari haqida yetarli ma’lumot berishmasa (yoki cheklovlar o‘yinni neytral maydonga ko‘chirish uchun yetarli darajada qat’iy bo‘lmasa), o‘yinning o‘tkazilish joyini UEFA belgilaydi. Agar qaysidir jamoa maydonga tushishdan bosh tortsa, texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Agar mahalliy hukumat cheklovlari qur’adan keyin joriy qilinsa, mezbon jamoaga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Agar ikkala klub ham maydonga tushishdan bosh tortsa yoki o‘yinning o‘tkazilmay qolishida aybdor deb topilsa, musobaqadan chetlatiladi.
Klublar o‘yindan oldin test topshirishadi. Agar testlar musbat natija bersa, UEFA mahalliy hukumat qarorini kutadi. Agar jamoada kamida 13 futbolchi sog‘lom bo‘lsa va mahalliy hukumat o‘yinning o‘tkazilishiga ruxsat bersa, jamoa maydonga tushishi shart. Agar ruxsat bermasa, UEFA o‘yinni boshqa sanaga ko‘chirishi mumkin. Agar ko‘chirishning iloji bo‘lmasa, klubga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
166   
Добавить комментарий
Ваше имя: *