Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilarning 6 nafarida koronavirus aniqlandi

O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilarning 6 nafarida koronavirus aniqlandi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Toshkentdagi yig‘inini olti nafar futbolchi tark etdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, 3—10-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb qilingan futbolchilarning olti nafarida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan. Ularda kasallik alomatlari kuzatilmagan va barcha futbolchi o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Terma jamoa shtabi ehtiyot chorasi sifatida futbolchilarga javob bergan. Ularning holati klublar shifokorlari nazoratida bo‘ladi.
Avvalroq “Paxtakor” klubida koronavirusga chalinish holati qayd etilgan va shu sabab jamoaning yig‘inga jalb qilingan 13 nafar futbolchisi o‘rniga boshqa o‘yinchilar olib kelingandi.
Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasi sentabr oyida Tojikiston (3-sentabr) va Eron (7-sentabr) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Oktarb va noyabr oylarida esa JCh—2022 2-saralash bosqichidagi o‘yinlar kutib turibdi.
155   
Добавить комментарий
Ваше имя: *