Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» Sarrining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan 5 murabbiy bilan aloqaga chiqdi

«Yuventus» Sarrining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan 5 murabbiy bilan aloqaga chiqdi

Автор: admin

«Yuventus» yangi murabbiy ilinjida 5 mutaxassis bilan aloqaga chiqdi. Bu haqda jurnalist Tankredi Palmeri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, agar turinliklar Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘ta olishmasa, jamoa bosh murabbiyi Maurisio Sarri iste’foga chiqarilishi mumkin. «Yuventus» ushbu bosqichda «Lion» bilan to‘qnash keladi. "Keksa sinyora" Fransiyada bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

"Yuve" uchun eng asosiy maqsad «Real» ustozi Zayniddin Zidan hisoblanadi. Jamoa rahbariyati u bilan nafaqat aloqaga chiqdi, balki klubning rivojlanish strategiyasi bilan ham tanishtirdi. Reja doirasida «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba ortga qaytarilishi kerak. Ammo Zidan ushbu taklifga rad javobini berdi.

Shuningdek, «Yuventus» Maurisio Pochettino, Simone Indzagi («Lasio»), Luchano Spalletti va Janpyero Gasperini («Atalanta») bilan aloqaga chiqdi.

Sarri 2019 yilning yozida «keksa sinyora» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. 2019/20 yilgi mavsumda «Yuventus» Italiya chempioniga aylandi va Italiya kubogi finaligacha yetib kelib, unda «Napoli»ga penaltilar seriyasida yutqazdi.
Manba: sport24.ru
118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *