Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Jorje Mendesh «PSJ»ga «Real» futbolchisini taklif qildi

Jorje Mendesh «PSJ»ga «Real» futbolchisini taklif qildi

Автор: admin

«Real» yarimhimoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb yozadi Le10Sport.
Manbaga ko‘ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh mijozining xizmatlarini «PSJ»ga taklif etgan.  Xabar qilinishicha, «qirollik klubi» kolumbiyalik uchun 35 mln yevro olmoqchi.
Avvalroq 29 yoshli yarimhimoyachiga «Atletiko», «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Everton» va «Vulverhempton» qiziqayotganligi haqida aytilgandi.
Xamesning «Real» bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan. U La Liganing yakunlangan mavsumida 8ta bahsda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 1ta golga assistentlik qilgan.
122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *