Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» Sancho transferidan voz kechishi mumkin

«MYU» Sancho transferidan voz kechishi mumkin

Автор: admin

«Borussiya» D yarimhimoyachisi Jeydon Sanchoning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi amalga oshmasligi mumkin.
The Telegraph'ning xabariga ko‘ra, «MYU» dortmundliklar shartlarini qabul qilishga tayyor emas va nemis klubiga muzokaralardan voz kechish bilan tahdid qilmoqda. Chunki «Borussiya» 120 mln yevrolik narxni tushirishdan bosh tortgan.
«Yunayted» koronavirus pandemiyasi davrida, hozirgi investitsiya muhitida bunday talablarni amalga oshirish mumkin emas, deb hisoblaydi. Shu bilan birga Sancho «MYU»ning yozgi transferlar oynasidagi eng asosiy maqsadi bo‘lib qolmoqda.
Jurnalist Devid Ornshteynning so‘zlariga ko‘ra, mankunianliklar 20 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida ham kelisha olishmagan. Klub 10 avgustgacha berilgan muddatni imkonsiz deb hisoblamoqda.
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *