Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLga yo‘llanma olgan uchinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

APLga yo‘llanma olgan uchinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Angliya Premyer Ligasi yo‘llanmasini taqdim etuvchi Chempionship pley-offining final uchrashuvida “Brentford” va “Fulhem” jamoalari 4-avgust, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning asosiy vaqti nursiz durang bilan yakun topdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda Jo Brayenning dubli londonliklarga g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa “Fulhem” oradan bir yil o‘tib yana Premyer Ligaga qaytdi. 2018/19-yilgi mavsumda jamoa 19-o‘rinni olib Chempionshipga ravona bo‘lgandi.
“Fulhem”ni Skott Parker boshqarmoqda, u 2019-yilning fevralida Klaudio Ranyerining o‘rnini egallagandi.
Avvalroq “Lids” va “Vest Bromvich” jamoalari APL yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.
Chempionship
APL yo‘llanmasi uchun pley-off
Final
4-avgust, chorshanba

“Brentford” — “Fulhem” 1:2

Gollar: 0:1 – 105 Brayen, 0:2 – 117 Brayen, 1:2 – 120 Dalsgor.
“Brentford”: Rayya, Yansson, Pinnok, Genri (Fosu, 105), Dalsgor, Mbemo (Markondes, 61), Nergor, Benrahma, Dasilva (Kanos, 83), Uotkins, Yensen (Dervisho‘g‘lu, 105).
“Fulhem”: Rodak, Brayen, Odoi (Kristi, 110), Rim, Hektor, Kebano (Knokert, 81), Kerni, Rid, Onoma (Le Marshan, 110), Rid (Mitrovich, 90), Kamara (Kavaleyru, 105).
Ogohlantirishlar: Rid (29), Kerni (67), Yensen (88), Hektor (98), Knokert (102), Nergor (103), Mitrovich (104), Kavaleyru (120), Rodak (120).
135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *