Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp Saloh va Manega APLdan o‘rinbosar topdi

Klopp Saloh va Manega APLdan o‘rinbosar topdi

Автор: admin

Unga takliflar ko‘p bo‘lyapti.
"Uotford" klubi vingeri Ismail Sarr faoliyatini APLning grand klubida davom ettirishi mumkin.
TeamTalk nashrining yozishicha, 22 yoshli senegallik futbolchiga "Liverpul"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp Sarrni kelajakda Sadio Mane va Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar bo‘ladi deb ishonmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Ismailga shuningdek, "Vulverxempton", "Kristal Pelas" klublaridan ham qiziqishlar bor.
O‘z navbatida APLni tark etgan “Uotford” ham Sarrni ushlab turmoqchi emas va maoshlarni qisqartirish uchun etakchi futbolchilarini sotib yubormoqchi.
Sarr joriy mavsum “Uotford” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 24,5 mln evroga baholanmoqda.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *