Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kazemiro: «Beyl – eng yaxshi holatida dunyoning top-3 futbolchisidan biri»

Kazemiro: «Beyl – eng yaxshi holatida dunyoning top-3 futbolchisidan biri»

Автор: admin

«Real» yarimhimoyachisi Kazemiro jamoadoshi Garet Beyl haqida gapirdi.
«Ba’zan barchamiz qiyin vaziyatlardan o‘tamiz. Beyl hozir faoliyatidagi eng yaxshi davr emasligini biladi, lekin u ishlaydi. Uni biz, klub va murabbiy qo‘llab-quvvatlaydi.
U – biz uchun juda muhim o‘yinchi, chunki u istalgan daqiqada ajablantirishi mumkin. Garet buni ko‘p isbotlagan. Biz unga ishonamiz. U yaxshi saviyasida dunyoning eng kuchli 3ta o‘yinchisidan biri hisoblanadi.  Ammo u hozir eng yaxshi holatida emasligini tan olishimiz kerak», – deb Kazemironing so‘zlarini keltiradi AS.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Beylning «Real» bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan. Avvalroq Madrid klubi uni sotib, yangi o‘yinchilarni xarid qilmoqchi ekanligi haqida aytilgandi.
111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *