Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Torres «Manchester Siti»ga o‘tishi sabablarini aytdi

Torres «Manchester Siti»ga o‘tishi sabablarini aytdi

Автор: admin

«Manchester Siti»ning yangi xaridi – yarimhimoyachi Ferran Torres mankunianliklar safiga o‘tishi borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Manchester Siti»ga qo‘shilganimdan juda xursandman. Har bir futbolchi hujumkor jamoada o‘ynashni xohlaydi va «Manchester Siti» – dunyo futbolidagi eng hujumkor jamoalardan biri.
Pep men yaxshi ko‘rgan ochiq va tajovuzkor uslubni qo‘llaydi. Uning qo‘l ostida futbolchilarning o‘sishi isbotlangan. U mening rivojlanishimni kuzatishini orzu qilgandim.
So‘nggi 10 yil ichida «Siti» ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Umid qilamanki, bu muvaffaqiyatni davom ettirishda o‘z hissamni qo‘shaman», – deya Torresning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *