Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA koronavirus sabab Yevrokuboklar uchun yangi reglament ishlab chiqdi

UEFA koronavirus sabab Yevrokuboklar uchun yangi reglament ishlab chiqdi

Автор: admin

UEFA Yevrokuboklar 2020/21-yilgi mavsumi uchun reglament ishlab chiqdi, u koronavirus pandemiyasi sabab bir qator cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
UEFA har bir qur’adan avval mamlakatlararo harakatlanishga doir cheklovlar ro‘yxatini e’lon qilib boradi. Klublar qur’aga ikki kun qolgunga qadar mamlakat hukumati tomonidan joriy etilgan cheklovlar va o‘zgarishlar haqida UEFAni ogohlantirishi kerak bo‘ladi. Agar bu ma’lumotlar yetib kelmasa, tashkilot o‘zidagi bor ma’lumotlar asosida ish ko‘radi — agar jamoa shu sabab maydonga chiqa olmasa unga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Agar hukumat tomonidan mamlakatga kirish cheklanadigan bo‘lsa, u holda mezbon klub o‘yin uchun neytral maydon topishi kerak bo‘ladi. Agar bu ro‘y bermaydigan bo‘lsa, jamoaga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Bundan tashqari, agar UEFA klublar tomonidan taqdim etilgan xatda mahalliy hukumat tomonidan o‘rnatilgan cheklovlar aniq ko‘rsatilmay yoki yetarli darajada aniq bo‘lmasa, u holda o‘yin o‘tkazish joyini tashkilot belgilaydi. Agar jamoalardan biri o‘ynashdan bosh tortsa, unga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Agar mahalliy hukumat tomonidan cheklovlar dedlayndan so‘ng joriy etiladigan bo‘lsa, o‘sha cheklovlar joriy etilgan mamlakat klubi o‘yinning bekor bo‘lishida javobgar deb topiladi va unga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Agar ikki klub ham o‘ynashdan bosh tortsa yoki ikkalasi ham o‘yinning bekor bo‘lganiga javobgar deb topilsa, ular bir mavsumga Yevrokuboklardan chetlatiladi.
Klublar har bir o‘yin oldidan koronavirusga test topshiradi. Ijobiy tahlillar chiqadigan bo‘lsa UEFA mahalliy hukumat bilan birga vaziyatni o‘rganadi. Agar jamoaning asosiy qaydnomasidan o‘rin olgan 13 nafar futbolchi (bir darvozabon bilan birga) o‘yinga tayyor bo‘lsa va mahalliy hukumat uchrashuvni o‘tkazishga ruxsat bersa, u holda jamoa maydonga chiqishi kerak bo‘ladi.
Agar unday bo‘lmasa, UEFA har bir dedlayn uchun o‘rnatilgan taqvimga qarab o‘yinni boshqa kunga suradi, biroq bu o‘yinni o‘z vaqtida o‘tkazishning iloji bo‘lmasa jamoaga texnik mag‘lubiyat yoziladi.
Yuqoridagi barcha qarorlar UEFA ijroqo‘mi yig‘ilishida qabul qilindi.
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *