Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Ismim Xose emas, Joze”. Mourinyo ismining noto‘g‘ri talaffuz qilinishidan asabi buzilishini aytdi

“Ismim Xose emas, Joze”. Mourinyo ismining noto‘g‘ri talaffuz qilinishidan asabi buzilishini aytdi

Автор: admin

“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo ism va familiyalarning noto‘g‘ri talaffuz qilinishiga toqat qilolmasligi haqida gapirdi.
Portugaliyalik mutaxassis London klubi haqidagi “Hammasi yoki hech narsa” nomli hujjatli filmda himoyachi Yafet Tangangadan ismini qanday aytsa to‘g‘ri bo‘lishi haqida so‘raydi. Javobni olganidan so‘ng Mourinyo ko‘pchilik uning ismini noto‘g‘ri talaffuz qilishidan shikoyat qiladi.
“Ismlarning noto‘g‘ri talaffuz qilinishi asabimni buzadi. Hamma mening ismimni noto‘g‘ri talaffuz qiladi. Ular meni Xose deb ataydi. Men Xose emasman, mening ismim Joze”, — deydi Mourinyo.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2019-yilning noyabr oyida “shporlar” bilan 2023-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Jamoa uning qo‘l ostida 2019/20-yilgi mavsumni (APL) 7-o‘rinda yakunladi.
122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *