Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” Angliyadan antiqa taklif oldi

“Barselona” Angliyadan antiqa taklif oldi

Автор: admin

Kataloniyaliklar nima qiladi?
Yaqinda “Barselona” Angliyaning nomi sir tutilgan jamoasidan Fransishku Trinkau transferi bo‘yicha 60 million evrolik taklifga rad javobini bergan edi.
Shunga qaramay, “Lester”ning taklifi sal g‘alati chiqdi. “Tulki”lar 60 million evrolik savdoga ko‘nmagan kataloniyaliklarga 50 million taklif qilmoqda. Ular 20 yoshli futbolchini avvaliga ijaraga olib, keyin transferni to‘liq xarid qilmoqchi.
“Barselona” hali bu taklifga munosabat bildirmadi. Kataloniyaliklar Trinkauni yanvarda “Braga”dan 31 million evroga sotib olgan va mavsum yakunlanganidan so‘ng kuchga kiradigan besh yillik bitim imzolagan edi. Futbolchi mavsumni qadrdon jamoasida o‘tkazib, jami 40 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi.
145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *