Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » “Yuventus” Zidanni kutmoqda

“Yuventus” Zidanni kutmoqda

Автор: admin

Unga qo‘ng‘iroq bo‘lgan
“Yuventus” bosh murabbiy Mauritsio Sarriga so‘nggi imkoniyatni berdi. Garchi jamoa A Seriyada g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, mavsum davomida bosh murabbiy va jamoa etakchilari munosabatida ayrim muammolar kuzatilgan edi. Mutaxassislar ham Sarri jamoa yulduzlari bilan til topisha olmayotganini ta’kidlagandi.
Endi turinliklar Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmasa, Sarri kursini bo‘shatib berishi kerak bo‘ladi.
“Yuventus” rahbariyati yagi bosh murabbiy ilinjida besh nafar mutaxassis bilan muzokaraga kirishgan. Asosiy nomzod sifatida “Real”ni chempion qilgan va o‘z vaqtida Turinda porlagan Zinedin Zidan ko‘rilmoqda. Lekin u Madridda qolishni istamoqda.
Shuningdek, Turin klubi xo‘jayinlari Maurisio Pochettino, Simone Indzagi, Luchano Spalletti va Jan Pero Gasperini bilan ham hamkorlik qilishga tayyor.
159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *