Goal24.uz » O'zbekiston » Oston O‘runOston O‘runov: «Endi «Spartak»ning 35 million yangi muxlislari bo‘ladi»ov: «Endi «Spartak»ning 35 million yangi muxlislari bo‘ladi»

Oston O‘runOston O‘runov: «Endi «Spartak»ning 35 million yangi muxlislari bo‘ladi»ov: «Endi «Spartak»ning 35 million yangi muxlislari bo‘ladi»

Автор: admin

«Spartak» bilan uzoq yillik shartnoma imzolab, klub futbolchisiga aylangan Oston O‘runov yangi jamoasidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Oston, «Spartak»da seni qanday kutib olishdi?
– Bu yerda ajoyib kollektiv yig‘ilgan, meni yaxshi kutib olishdi. Jamoaga tezroq moslashib ketishga umid qilaman.
– Klubimiz haqida nimalar bilarding?
– «Spartak» – Rossiyadagi eng sovrindor klub, xalq jamoasi sanaladi. Dadam meni «Spartak» futbolchisiga aylanishimni doim orzu qilardi.
– «Ufa» safiga ham yaqinda kelib qo‘shilgan eding, Rossiyada sen haqingda unchalik bilishmaydi. Qanday futbolchisan, qaysi chiziqda to‘p surishga ko‘proq odatlangan eding?
– To‘p bilan ko‘proq ishlashni yoqtiraman, maydon markazida to‘p surish menga qulayroq. Murabbiy meni qaysi chiziqda lozim topishini endi ko‘ramiz.
– Shamil Gazizov seni «Ufa»ga taklif etgan edi, endi esa «Spartak»ka chaqirdi. U bilan yana bir jamoada ekanligingdan xursand bo‘lsang kerak?
– Ha, u meni O‘zbekistondan «Ufa»ga taklif qilib, imkoniyat berdi. Endi bu yerda ham uning ishonchini oqlamoqchiman.
– Klubimizga kelganingdan keyin «Spartak»ni O‘zbekistonda alohida kuzatib borishadimi?
– Albatta! Endi «Qizil-oqlar»da 35 million yangi muxlislar paydo bo‘ldi, deyish mumkin. Bu mamlakatimizning barchasi aholisidir, - deya O‘runovning so‘zlarini keltirmoqda «Spartak» klubi rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli Oston O‘runov «Spartak» safida 20-raqamda to‘p suradi. Ushbu raqam avvalroq jamoaning germaniyalik sobiq futbolchisi Andre Shyurlega tegishli edi.
117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *