Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Ake "Manchester Siti"da tibbiy ko‘rikdan o‘tishni boshladi

Ake "Manchester Siti"da tibbiy ko‘rikdan o‘tishni boshladi

Автор: admin

Jamoasi Chempionshipga tushib ketdi, ammo u premer-ligada qoladi.
“Bornmut” klubi himoyachisi Natan Ake “Manchester Siti”ga o‘tishga yaqin turibdi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi ayni damda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Manchester shahriga etib kelgan. Uning transferi esa hafta so‘nggigacha rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, “Bornmut” Akening transfridan 39 mln funt ishlab olishi kutilmoqda. Bu esa klub tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ake o‘tgan mavsum APLda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. "Bornmut" esa Chempionshipga ravona bo‘ldi.
78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *