Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Manchester Siti" Sanchoning transferidan qancha foyda oladi?

"Manchester Siti" Sanchoning transferidan qancha foyda oladi?

Автор: admin

Hammasi shartnoma bo‘yicha bo‘lyapti.
“Manchester Siti” klubi “Borussiya” Dortmunddan “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tayotgan vinger Jeydon Sanchoning transferidan yaxshigina pul ishlab oladi.
The Times nashrining yozishicha, “Siti” Sanchoni nemis klubiga sotayotganda shartnomaga futbolchining keyingi transferidan 15 foiz miqdoridagi pulga egalik qilishi haqidagi bandni ham kiritgan.
Shu bois 20 yoshli futbolchi MYuga o‘tsa, “shaharliklar”ning hisobiga 15 mln funt atrofidagi mablag‘ kelib tushadi.
Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” Dortmund Sanchoni 2017 yil “Manchester Siti”dan 8 mln funt evaziga sotib olgan edi.
89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *