Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Real" Kuboni boshqa jamoaga ijaraga berdi

"Real" Kuboni boshqa jamoaga ijaraga berdi

Автор: admin

"Real" yarimhimoyachisi Takefusa Kubo keyingi mavsumni "Vilyarreal"da o‘tkazadi, deb yozadi AS.
Madrid klubi futbolchini ijaraga beradi, "Vilyarreal" yaponiyalik iqtidorni sotib olish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Kubo o‘tgan mavsumni "Malyorka"da ijarada o‘tkazdi. U 36 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi.
Futbolchi o‘tgan yozda "Real"ga erkin agent sifatida qo‘shilgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2024 yil iyuniga qadar amal qiladi.
Manba: bombardir.ru
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *