Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » "Lion" futbolchisi Ronaldu bilan mojaroga izoh berdi

"Lion" futbolchisi Ronaldu bilan mojaroga izoh berdi

Автор: admin

"Lion" yarimhimoyachisi Bruno Gimarayns Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasidagi birinchi o‘yinda "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan nima sababdan tortishib qolganini aytib o‘tdi.
"Ikkalamiz ham portugal tilida gaplashamiz. U menga Marselo Dibalaga nisbatan qo‘pol o‘ynaganini ta’kidladi. Men esa qoida buzilmaganligini aytdim. Ha, Ronaldu haq edi. Ammo maydonda men o‘zimning, Ronaldu esa o‘zining jamoasini himoya qilishi kerak. Shuning uchun bunday mojarolar ro‘y beradi", — dedi Gimarayns.
Ma’lumot uchun, Fransiyadagi birinchi o‘yinda "Lion" "Yuventus"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Javob o‘yini 7 avgust, juma kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.
Manba: soccernews.ru
86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *