Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Fulhem” kimga ko‘z tikdi?

“Bretford” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, “Fulhem” jamoasi yana APLga qaytdi.
ESPN nashrining ma’lum qilishicha, klub yozda “Tottenhem” yarim himoyachisi Rayn Sesenionni sotib olishni oldiga reja qilib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, klub bundan bir mavsum ilgari Raynni “shporlar”ga 25 million funt evaziga sotib yuborgan, biroq futbolchi Londonda o‘z o‘yinini topa olmagan edi.
“Liverpul”ga himoyachi kerak

Angliyaning “Liverpul” klubi mavsumlar oralig‘ida tarkibiga himoyachi qo‘shib olishni reja qilmoqda.
“Liverpool Elcho"ning ma’lum qilishicha, klub nishonida “Betis” markaziy himoyachisi Aissa Mandi turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha “Betis” “Liverpul”ning ilk 8 millionlik taklifini rad etgan. Jamoa jazoirlik futbolchini 10,8 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Alaba PSJda?!

Parij super klubi yozda “Bavariya”ning universal himoyachisi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“France Football” nashrining ma’lum qilishicha, PSJ avstriyalik futbolchi uchun shaxsiy shartnoma tayyorlamqoda.
Manbaning ma’um qilishicha, Tomas Tuxel jamoani tark etishi tobora oydinlashib borayotgan Tiago Silvaning o‘rnini aynan David Alaba bilan to‘ldirishni reja qilgan.
Xames arzonlab ketdi

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi tobora oydinlashib bormoqda.
Ispaniyalik jurnalist – Pedro Pablo Parradoning ma’lum qilishicha, kolumbiyalik futbolchi uchun “matraschilar” 10-15 million yevro sarf etishadi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Real” o‘z futbolchisini jamoada olib qolish niyatida emas. Xamesning o‘zi esa, “Atletiko” safiga o‘tish ishtiyoqida yonmoqda.
“Benfika” katta transferga qo‘l uradi

Portugaliyaning “Benfika” jamoasi Braziliya terma jamoasi va “Gremio” klubi futbolchisi Everton bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.
"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, “Benfika” 24 yoshli futbolchi uchun 20 million yevro to‘laydi va bu kurashda “Milan” va “Everton” jamoalarini ortda qoldiradi.
Eslatib o‘tamiz, Everton bu mavsumda “Gremio” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozib qo‘ydi.
161   
Добавить комментарий
Ваше имя: *