Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » PSJda jiddiy yo‘qotish

PSJda jiddiy yo‘qotish

Автор: admin

A Seriya klubiga biroz engillik bo‘lishi mumkin.
PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti “Atalanta”ga qarshi bo‘ladigan EChL 1/4 final uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin.
RMC Sport nashrining xabar berishicha, 27 yoshli italiyalik futbolchi mashg‘ulotlar chog‘ida jarohat olgan. Verratti jamoadogi Erik Chupo-Moting bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng son mushaklarini shikastlab olgan.
O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, Verratti katta ehtimol bilan 12 avgust kuni “Atalanta”ga qarshi bo‘ladigan muhim bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
Marko Verratti joriy mavsum PSJ safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
55   
Добавить комментарий
Ваше имя: *