Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YECHL. "Barselona" — "Napoli": tahlil, taxminiy tarkiblar va taxminiy natija (VIDEO)

YECHL. "Barselona" — "Napoli": tahlil, taxminiy tarkiblar va taxminiy natija (VIDEO)

Автор: admin

"Barselona" — "Napoli". YECHL 1/8 finali javob o‘yinlaridan biri aynan shu jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Hali hech narsa hal bo‘lmagan, imkoniyatlar ham deyarli teng.
BIRINCHI O‘YIN
Ushbu raqiblar o‘rtasidagi birinchi o‘yin yodingizdadir. Neapoldagi bahsda mezbonlar "Barselona" bilan tengma-teng o‘ynashdi va hatto g‘alaba qozonishlari ham mumkin edi. Lekin Kataloniya klubi mehmonda gol urishni uddaladi va 1:1 natijasi qayd etildi. Tan olish kerak, birinchi o‘yindagi durang "Barselona" uchun yaxshi natija bo‘lgandi. Chunki mehmonlar o‘shada bitta yaqqol imkoniyatga ega bo‘lishgandi, xolos.

BUGUNGI HOLAT
Koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan chempionatga qayta start berilganidan keyin "Barselona"ning ishlari orqaga ketdi. Klub La Liga chempionligini boy berdi, kamiga 10 kishi bo‘lib qolgan raqibga yutqazdi. Xullas, ayni damda Kike Setyenning ishlari ko‘ngildagidek emas.
"A" Seriyada "Napoli" uchun maxsus vazifalar yo‘q edi, ammo Gattuzo jamoasi imkoniyatlardan foydalanib, kubokni qo‘lga kiritdi. Bu shuni anglatadiki, "Napoli" katta o‘yinlarga qanday tayyorlanishni biladi. Yo‘qotishlar tufayli esa "Barsa"ga oson bo‘lmaydi. Buskets va Vidal diskvalifikasiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuborishadi. "Napoli"da esa faqat Manolas jarohati tufayli o‘ynamaydi.
TAXMIN
Bir narsa aniq: "Barselona" osonlikcha g‘alaba qozona olmaydi. O‘z o‘rnida ayni damda "Napoli"ning o‘yini ham mukammal emas. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib yakuniy natijani shunday taxmin qilish mumkin: yo "Barselona" bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonadi, yoki durang natija qayd etiladi (durang har ikki jamoa foydasiga bo‘lishi mumkin).
Taxminiy tarkiblar (UEFA.com taxmini)
"Barselona": Ter Shtegen; Semedu, Pike, Langle, Alba; Roberto, Rakitich, de Yong, Messi; Suarez, Grizmann
O‘ynamaydi: Buskets (diskvalifikasiya), Vidal (diskvalifikasiya), Dembele (jarohat), Yumtiti (jarohat)
"Napoli": Ospina; Xyusay, Di Lorenso, Kulibali, Mariu Ruy; Fabian Ruis, Demme, Zelinski; Kalyexon, Mertens, Insinye
O‘ynamaydi: Manolas (jarohat)
So‘roq ostida: Maksimovich (jarohat), Insinye (jarohat).
Manba: sport24.ru
164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *