Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» - «Sevilya». Benzama qaydnomaga kiritildi

«Real» - «Sevilya». Benzama qaydnomaga kiritildi

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La liganing 20-turi doirasida «Sevilya»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. 19 kishilik qaydnomaga Karim Benzema ham kiritildi.

Shunga qaramay, "Qirollik klubi" safida hali yo‘qotishlar ko‘p. Alvaro Odriosola, Xames Rodriges, Mariano Dias, Garet Beyl, Federiko Valverde, Serxio Ramos, Eden Azar va Marko Asensio ertangi o‘yinda ishtirok eta olishmaydi.

«Real»ning «Sevilya»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Ferlan Mendi.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Isko.

Hujumchilar: Karim Benzema, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Braim Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Sevilya" o‘yini 18 yanvar, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
Manba: realmadrid.ru

169   
Добавить комментарий
Ваше имя: *