Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ronaldu va Messi faoliyatini yakunlagan Iker Kasilyasga murojaat qildi

Ronaldu va Messi faoliyatini yakunlagan Iker Kasilyasga murojaat qildi

Автор: admin

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” forvardi Lionel Messi faoliyatini yakunlagan Iker Kasilyasga o‘ziga xos tarzda murojaat qildi.

Sen aqlbovar qilmaydigan darvozabonsan. Tan olaman, senga qarshi o‘ynash menga qiyin bo‘lgan.
Ammo ortga nazar tashlasam, bu ajoyib raqobat bo‘lgani haqida o‘ylayman.
Lionel Messi

Ajoyib damlarda sen bilan birga bo‘lganimdan faxrlanaman.
Krishtianu Ronaldu
Ma’lumot uchun, 39 yoshli darvozabon “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U madridliklar klubida 510 ta o‘yin o‘tkazgan va 2015-yilda u yerni tark etgan va “Portu” futbolchisiga aylangan.
Iker “Real” bilan besh marta Ispaniya chempionatida, ikki mamlakat Kubogi va to‘rt bor Ispaniya Superkubogida zafar quchgan. Kasilyas uch marta Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan.
Ispaniya terma jamoasida 2010-yilda Jahon Chempionati oltin medallariga ega bo‘lgan va ikki bor (2008 va 2012-yillar) Yevropa chempionatida zafar quchgan.
Eslatib o‘tamiz, darvozabon 2019-yilning mart oyida “Portu” klubi mashg‘uloti vaqtida yurak xurujini boshdan kechirdi. Iker futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarlar qishda ham chiqqandi. Avvalroq Kasilyas “Real” prezidentiga maslahatchi bo‘lishi xabar qilingandi.
129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *