Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Roma» amerikalik milliarderga sotildi

«Roma» amerikalik milliarderga sotildi

Автор: admin

«Roma» xo‘jayini Jeyms Pallotta klubni milliarder Den Fridkinga sotdi.
Rimliklar matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 5 avgust kuni tomonlar bitimni imzolashgan. «Roma» klubining The Friedkin Group kompaniyasiga o‘tishi 591 mln yevroga baholangan. Barcha mablag‘lar 31 avgustgacha to‘lanishi kutilmoqda.
«Roma»ni The Friedkin Group kompaniyasiga sotish haqida kelishuvga erishganimizdan xursandman. Bugun hujjatlarni imzoladik, yaqin orada barcha huquqiy masalalarni hal qilib olamiz. So‘nggi oylarda Fridkin klubni sotib olish ishtiyoqi baland ekanini ko‘rsatdi. Ishonchim komil, u «Roma»ning ajoyib xo‘jayiniga aylanadi», – dedi Pallotta.
Pallotta «Roma»ni 2011 yilda sotib olgan edi. Dastlab u klubni 700 mln yevroga sotishga rozi bo‘lmadi. Ammo koronavirus pandemiyasi  tufayli klubning narxi pasayib ketdi.
Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida «Roma» 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq, Jeyms Pallotta «Roma»ni sotib, «Nyukasl»ni xarid qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *