Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real»ning sobiq o‘yinchisi Pikedan uzr so‘radi

«Real»ning sobiq o‘yinchisi Pikedan uzr so‘radi

Автор: admin

«Real» klubi va Argentina milliy jamoasining sobiq himoyachisi Oskar Rujeri «Barselona» himoyachisi Jerar Pikedan uzr so‘radi. 
Rujeri avvalroq Pikeni ikkinchi darajali o‘yinchi deb ta’riflagan va Shakira bilan uchrashishni boshlagandan so‘ng taniqli bo‘lganini aytgandi.
«Kechirim so‘rayman. Men hech qachon bunday ishlarga oilani aralashtirmagandim. Doim futbolchilar haqida gapirganman. Xato qildim va kechirim so‘rashim kerak. 

Pikeni bilmadim, lekin oilasini xafa qilgan bo‘lishim mumkin. Biz milliy jamoa bilan jahon chempioni bo‘lgan yuqori saviyali markaziy himoyachilarmiz», – deya Rujerining so‘zlarini keltiradi A Bola.  
Ma’lumot uchun, Pike o‘tgan mavsumda La Ligada 35ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta to‘p kiritgan.
59   
Добавить комментарий
Ваше имя: *