Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Ake: «Manchester Siti» – APLning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi jamoasi»

Ake: «Manchester Siti» – APLning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi jamoasi»

Автор: admin

«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi Natan Ake «shaharliklar» safiga o‘tishi to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«So‘nggi 10 yillikda «Siti» Angliyaning eng yaxshi jamoasi bo‘ldi. Bu yerga kelish – mening orzuyim.
Bu – jahon darajasidagi o‘yinchilarga ega top-klub. Qayerga qaramang, katta nomlar va milliy jamoa o‘yinchilari.
Gvardiola – butun dunyo taniydigan murabbiy. Uning futboldagi muvaffaqiyatlariga aql bovar qilmaydi. Uning o‘yin uslubi menga juda yoqadi.
Asosiy tarkibga kirish uchun ko‘p mehnat qilishim kerakligini bilaman, ammo shuning uchun ham shu yerdaman. Men jamoaning kuboklarni yutib olishi uchun bor kuchimni ishga solaman», – deya Akening so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli niderlandiyalik «Manchester Siti» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Mankunianliklar himoyachi uchun 41 mln yevro to‘lashdi.
45   
Добавить комментарий
Ваше имя: *