Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Villian «Arsenal» bilan kelishuvga erishdi

Villian «Arsenal» bilan kelishuvga erishdi

Автор: admin

Tez orada erkin agentga aylanadigan «Chelsi» yarimhimoyachisi Villian Londonning boshqa bir klubi «Arsenal»ga o‘tishga yaqin.
ESPN’ning xabar berishicha, braziliyalik «kanonirlar» rahbariyati bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Villian «Arsenal»da haftasiga 100 ming funt, yillik esa 5,6 million funt maosh oladi. Ushbu transfer haqida Chempionlar ligasi joriy mavsumi yakunlanganidan keyin e’lon qilinishi kutilmoqda.
Villian ushbu mavsumda «Chelsi» safida jami 36 o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol va 9ta assistga mualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, braziliyalik o‘yinchi 2013 yilda «Anji» safidan «Chelsi» klubiga kelib qo‘shilgan edi.
54   
Добавить комментарий
Ваше имя: *