Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » “Barselona”da “Oltin to‘p” olgan vunderkindni PSJ maydonga tushirdi

“Barselona”da “Oltin to‘p” olgan vunderkindni PSJ maydonga tushirdi

Автор: admin

Omad parijliklar tomonda
PSJ o‘z maydonida “Sosho”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvning ikkinchi bo‘limida parijliklar safida “Barselona”da tarbiyalangan eng iqtidorli futbolchilardan biri Ksavi Simons debyutini nishonladi.
17 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2010 yildan “Barselona” akademiyasida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. U to‘rt marotaba eng yaxshi yosh futbolchilarga beriladigan “Oltin to‘p” bilan taqdirlangan.  
PSJ bu futbolchini o‘tgan yili qo‘lga kiritgan va unga yiliga 1 million evro maosh tayinlagan. Simonsning manfaatlarini taniqli agent Mino Rayola himoya qiladi.
74   
Добавить комментарий
Ваше имя: *