Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » MYu Jeydon Sancho o‘rniga Harri Keynni oladimi?

MYu Jeydon Sancho o‘rniga Harri Keynni oladimi?

Автор: admin

Qiyin tanlov
“Manchester Yunayted” tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Pol Skoulz  jamoa rahbariyatiga Sancho transferidan voz kechib, Harri Keynni olishni maslahat berdi.
Meni noto‘g‘ri tushunmang, Sancho haqiqatan zo‘r futbolchi. U dunyoning har qanday jamoasini, xususan, “Liverpul”, “Barselona”, “Real” va “Manchester Siti”ni ham kuchaytira oladi. Uning statistikasi Sancho ko‘p golli vaziyat yarata olishi va ko‘p gol urishini ko‘rsatmoqda. Uning “Manchester Yunayted”ga manfaat keltirishi ham bor gap.
Biroq, hozir Sulsherda o‘yin uslubi Sanchoniki bilan bir xil bo‘lgan uch nafar qanot hujumchisi bor. Ular Jeydonchalik zo‘r bo‘lmasa ham, jamoaga katta foyda keltira oladi. Hozirgi sharoitda Sanchoga qaraganda jamoaga ko‘proq Harri Keyn kerak. “Yunayted” ko‘p gol uradigan markaziy hujumchiga muhtoj. Bu shubhasiz Harri Keyn, - dedi Skoulz.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *