Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Obameyang faoliyati borasida bir qarorga keldi

Obameyang faoliyati borasida bir qarorga keldi

Автор: admin

«Arsenal» forvardi Per-Emerik Obameyang «Arsenal»da qolishga qaror qildi, deya yozmoqda Telegraph.
Manbaning yozishicha, uzoq davom etgan muzokaralarga ko‘ra, gabonlik hujumchi «Arsenal» bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qilgan. Yangi kelishuv tez orada imzolanishi kutilmoqda. Obameyangga 3 yillik shartnoma taklif qilinib, unga ko‘ra u «Arsenal»ning eng ko‘p haq oluvchi futbolchisiga aylanadi.
«Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda yakunlanadigan forvardga «Chelsi», «Inter» va «Barselona» klublari qiziqish bildirayotgandi.
Ma’lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda Obameyang «Arsenal» safida jami 44 o‘yinda maydonga tushib, 29ta golga mualliflik qilgan.
49   
Добавить комментарий
Ваше имя: *