Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp «MYU»ga qarshi o‘yin oldidan: «Boshqa jamoalarga qaraganda «Liverpul»ning dushmanlari ko‘proq»

Klopp «MYU»ga qarshi o‘yin oldidan: «Boshqa jamoalarga qaraganda «Liverpul»ning dushmanlari ko‘proq»

Автор: admin

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 23-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Boshqa jamoalarga qaraganda «Liverpul»ning dushmanlari ko‘proq, bu bizning tariximizdir. Ammo men yigitlarga o‘z hikoyamizni yaratishimiz kerakligini aytdim.
Yuqori darajali jamoaga qarshi bahs olib borish boshqacharoq, ular qanday o‘ynashni bilishadi. Aksariyat jamoalar bizga qarshi shunday o‘ynashadi.
«Manchester Yunayted»ni hurmat qilamiz. «Enfild» va «Old Trafford»dagi o‘yinlar o‘rtasidagi farq juda katta», – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» – «MYU» o‘yini 19 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.


97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *