Goal24.uz » Jahon » Ronaldinyo aybini tan oldi

Ronaldinyo aybini tan oldi

Автор: admin

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldinyo o‘z aybini tan oldi. Uning huquqshunoslari futbolchining aybini tan olish haqidagi kelishuvni Paragvay prokuraturasiga yuborishdi.

Bu esa Ronaldinyo va uning akasining ozodlikka chiqarilishiga olib keladi. Ular jarima to‘lash bilan cheklanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2005 yilgi «Oltin to‘p» sohibi va uning akasi Roberto Assis soxta pasport bilan Paragvayga kirishgani uchun hibsga olinishgan edi.

Ular 32 kun davomida qamoqxonada o‘tirib, shundan so‘ng garov evaziga uy qamog‘iga o‘tkazilishgan edi. Shu paytgacha ular Asunsyondagi mehmonxonada qolishmoqda.
Manba: sport24.ru
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *