Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bartomeu: «Messi 3-4 yildan keyin faoliyatini «Barselona»da yakunlaydi»

Bartomeu: «Messi 3-4 yildan keyin faoliyatini «Barselona»da yakunlaydi»

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu «ko‘k-anorranglilar» sardori Lionel Messining kelajagi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Argentinalik futbolchining klub bilan shartnomasi yakunlanishiga 1 yildan kamroq vaqt qoldi. Tomonlar hozircha kelishuvni uzaytirishmadi. Ammo Bartomeu bundan xavotir olmayapti.

«Nafaqat men, balki Leoning o‘zi ham faoliyatini «Barselona»da yakunlash niyati borligini aytgan edi. O‘ylashimcha, "Barsa" uning faoliyatidagi yagona klub bo‘ladi.

Messi bilan shartnomani uzaytirishimizga ishonchim komil. U 3-4 yildan keyin faoliyatini «Barselona»da yakunlashiga shubha qilmayman», – dedi Bartomeu.
Manba: footballhd.ru
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *