Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Spartak» Oston O‘runovni RPL uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi

«Spartak» Oston O‘runovni RPL uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi

Автор: admin

Moskvaning «Spartak» klubi o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Oston O‘runovni yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. RPL rasmiy saytida bu haqda ma’lumot paydo bo‘ldi.
O‘runov musobaqaga oxirgilardan bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazilgan futbolchilar qatorida ko‘rsatilgan. «Spartak» uni 6 avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov «Rostov» tarkibida 3 avgust kuni RPLning yangi mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
Biroq «Lokomotiv» o‘zbekistonlik Jasur Jaloliddinovni hozircha RPL yangi mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tkazmagan. Ma’lumot uchun, ertaga Rossiya superkubogi uchun o‘yinda «Lokomotiv» «Zenit»ga qarshi maydonga tushadi. Jaloliddinov bu o‘yinda maydonga tushishi mumkin, chunki «temiryo‘lchilar»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Jaloliddinov asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazayotganini ko‘rish mumkin.

67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *