Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Koutinyo – Londonning ikki klubi «radari»da!

Koutinyo – Londonning ikki klubi «radari»da!

Автор: admin

Daily Mirror nashrining xabariga ko‘ra, "Bavariya"da ijarada harakat qilayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinyo faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.
"Shporlar" 27 yoshli braziliyalik havbekni qishki transfer vaqtida "Inter"ga o‘tib ketgan Kristian Eriksenga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koutinyoning agenti futbolchi APLga qaytmoqchi ekanligi haqida gapirgandi. Filippe xizmatiga "Arsenal" ham jiddiy qiziqib qolgan. 2019/20 yilgi mavsumda havbek 23ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi. 
62   
Добавить комментарий
Ваше имя: *