Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan: «Qiyin vaziyat ekanligini bilamiz. Bu o‘yin finalga teng»

Zidan: «Qiyin vaziyat ekanligini bilamiz. Bu o‘yin finalga teng»

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi bahsdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Jamoada hammasi joyida, chunki ushbu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Qiyin ahvolga tushib qolganimizni bilamiz, ammo bu yana bitta final. Va biz unda ajoyib o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Nima bo‘lishini bilmayman, lekin ikki ajoyib jamoa o‘rtasida yaxshi o‘yin rejalashtirilgan.  Birinchi bellashuv bo‘yicha vaziyatni bilamiz. Agar oxirigacha bormoqchi bo‘lsak, oldimizda 4ta final bor», – deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» – «Real» o‘yini bugun, 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Madriddagi bahsda mankunianliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan.
60   
Добавить комментарий
Ваше имя: *