Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Roma»ning Yevropa Ligasini tark etishi «Latsio»ni YeCHLga olib chiqdi

«Roma»ning Yevropa Ligasini tark etishi «Latsio»ni YeCHLga olib chiqdi

Автор: admin

«Latsio» rasman 2020/21 yilgi Chempionlar Ligasida qatnashadigan bo‘ldi.
Bunga «Roma»ning Yevropa Ligasi 1/8 finalida «Sevilya»dan (0:2) mag‘lubiyatga uchrashi va turnirni tark etishi sabab bo‘ldi.
«Latsio» yakunlangan mavsumda A Seriyada 4-o‘rinni egallagan, ammo hozirgacha Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritmagan edi.
UEFA Chempionlar Ligasida bir mamlakatdan 5tagacha klub qatnashishiga ruxsat bergan. Agar chempionatda 5-o‘rinni egallagan «Roma» Yevropa Ligasida va 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan «Napoli» Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lsa, «Latsio» YeCHLdan chetda qolardi.
54   
Добавить комментарий
Ваше имя: *