Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Artur «Barselona» bilan kelishuvni bekor qilmoqchi

Artur «Barselona» bilan kelishuvni bekor qilmoqchi

Автор: admin

Braziliyalik yarim himoyachi Artur yaqin 24 soat ichida Kataloniyaga tashrif buyurib, «Barselona» bilan kelishuvni bekor qilmoqchi.

Artur iyun oyida Pyanichning transferi doirasida "Yuventus" safiga o‘tgan edi, ammo futbolchilar Chempionlar ligasining joriy mavsumi oxiriga qadar o‘z klublari safida qolishi kerak edi.

La liga yakunlanganidan keyin «Barsa» o‘z futbolchilariga bir haftalik ta’til berdi. Artur esa ta’tildan so‘ng Braziliyadan qaytib kelmadi. Buning uchun esa "ko‘k-anorranglilar" unga jarima solish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Artur ham "Barselona"dan xafa bo‘ldi. Chunki u o‘zi istamagan holda "Yuventus"ga o‘tgan bo‘lsa, uning transferi rasmiylashtirilganidan keyin Setyen futbolchini maydonga tushirmay qo‘ydi. Shu bois, u ta’tildan so‘ng klub ixtiyoriga qaytmadi. Artur YECHLning tugashini kutib o‘tirmasdan klub bilan shartnomani bekor qilmoqchi.
Manba: sports.ru
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *