Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Sarri: «Yuve»dagi kelajagim «Lion» bilan o‘yinga bog‘liq emas»

Sarri: «Yuve»dagi kelajagim «Lion» bilan o‘yinga bog‘liq emas»

Автор: admin

«Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Lion»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu «Yuve»dagi so‘nggi o‘yinim bo‘lishi mumkin, deb o‘ylamayman. Chunki bizning menejerlarimiz havaskorlar emas, ular eng yuqori darajada.
Klubdagi kelajagim bu o‘yinga bog‘liq bo‘lmaydi. Aks holda «Yuventus» rahbarlari ham xuddi muxlislar kabi hamma narsani hissiyot bilan baholashgan bo‘ladi», – deb Sarrining so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» – «Lion» bahsi bugun, 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Fransiyadagi bellashuvda Turin klubi minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *