Goal24.uz » Jahon » Santi Kasorla «As-Sadd» futbolchisiga aylandi

Santi Kasorla «As-Sadd» futbolchisiga aylandi

Автор: admin

Qatarning «As-Sadd» klubi yozgi transfer oynasidagi dastlabki transferini e’lon qildi. Ispaniyalik Santi Kasorla Doha klubi bilan shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, «Vilyarreal»ni tark etgan 35 yoshli yarimhimoyachi «As-Sadd» safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Kasorla klub bosh murabbiyi, Ispaniya milliy jamoasidagi sobiq jamoadoshi Xavining taklifiga ko‘ra, Qatar klubi bilan shartnoma imzolagan.
Bugun, 7 avgust kuni o‘tgan tanishtiruv marosimida Santiga 18-raqamli futbolka topshirildi.
55   
Добавить комментарий
Ваше имя: *