Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» Aleksis Sanchesga tovon puli to‘lab berdi

«MYU» Aleksis Sanchesga tovon puli to‘lab berdi

Автор: admin

Huquqiy jihatdan «Inter» klubi a’zosiga aylangan Aleksis Sanches sobiq klubi «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini bekor qilgani uchun tovon puli oldi, deya yozmoqda The Guardian.
Manbaning yozishicha, «qizil iblislar» 31 yoshli futbolchiga 8 million yevro miqdorda tovon puli to‘lagan. Shunga qaramay, manchesterliklar Sanchesni Milan klubiga qo‘yib yuborib, ikki yillik shartnoma uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan 40 million yevro maosh va bonuslarni to‘lamaydigan bo‘lishdi. Sababi «Manchester Yunayted» va chililik forvard o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, Sanches haftalik 432 ming maosh olardi.
Avvalroq, Aleksis «Inter» bilan tuzilgan yangi shartnomaga binoan, yillik 7 million maosh olishi haqida ma’lumot berilgandi.
Ma’lumot uchun, Sanches joriy mavsum «Inter» safida ijara asosida to‘p surib, 29 o‘yinda 4ta gol va 10ta assistga mualliflik qildi.
50   
Добавить комментарий
Ваше имя: *