Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Manchester Yunayted” ketma-ket 2 ta o‘yindan beri gol urayotgan Jessi Lingardni sotishga tayyor

“Manchester Yunayted” ketma-ket 2 ta o‘yindan beri gol urayotgan Jessi Lingardni sotishga tayyor

Автор: admin

“Manchester Yunayted” so‘nggi ikki o‘yinda gol urganiga qaramay, yarim himoyachi Jessi Lingardni sotib yubormoqchi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Lingard Mayson Grinvud bilan raqobatda imkoniyatni boy berib qo‘ymoqda. Buning ustiga Jeydon Sanchoning transferi yarim himoyachining “Old Trafford”dagi taqdirini yana-da qiyinlashtirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Lingard “Manchester Yunayted” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2021-yilning iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer narxini 17,5 million yevroga baholagan.
Lingard Angliya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, u Yevropa Ligasida ham o‘z nomiga 2 ta gol va 1 assist yozdirib qo‘ygan.
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *