Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real” hujumchisi Mariano Dias koronavirusdan sog‘aydi

“Real” hujumchisi Mariano Dias koronavirusdan sog‘aydi

Автор: admin

Madridning “Real” klubi hujumchisi Mariano Diasning koronavirus uchun topshirgan test natijasi manfiy chiqdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 27 yoshli dominikanlik futbolchi COVID-19’dan butkul sog‘aygan.
Avvalroq Diasning koronavirusga chalingani va o‘zini-o‘zi yakkalash holatiga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Mariano Dias 2019/20-yilgi mavsum “Real” safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi 7-avgust kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Manchester Siti” maydoniga safar qiladi. Mazkur bahsda Dias jamoasiga yordam bera olmaydi.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *