Goal24.uz » Jahon » Robin Van Persi murabbiylik faoliyatini boshladi

Robin Van Persi murabbiylik faoliyatini boshladi

Автор: admin

Niderlandiyalik sobiq futbolchi Robin van Persi «Feyenoord» klubida murabbiylik faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
37 yoshli sobiq forvard «Feyenoord» bosh murabbiyi Dik Advokaatning murabbiylar shtabidan joy olib, klubda hujumchilar bilan ishlaydigan murabbiyga aylandi.
«Aslida o‘tgan mavsumda jamoaning murabbiylar shtabidan joy olishim kerak edi, ammo koronavirus sababli bu kechroq ro‘y berdi. Dik Advokaat bu borada menga imkon berib, taklif bilan chiqqanda buni rad eta olmadim», - deydi Robin.
Ma’lumot uchun, «Feyenoord» klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish Robin van Persi «Arsenal», «MYU», «Fenerbaxche» klublaridagi faoliyatidan keyin 1,5 yarim yil davomida Rotterdam klubi safida to‘p surib, 2019 yilda faoliyatini yakunlagan edi. Shundan buyon u TVda ekspert sifatida ishlayotgandi.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *