Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi

APL mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlik qilayotgan nomzod o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Futbolchilar o‘rtasidagi yetti kishilik nomzodlar ro‘yxatidan chempionlikka erishgan «Liverpul»ning 3 nafar futbolchisi joy olgan. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti» tarkibidan esa 1 nafar futbolchi kiritilgan.
Nominantlar ro‘yxati: Trent Aleksander-Arnold, Jordan Henderson, Sadio Mane (barchasi – «Liverpul»), Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»), Denni Ings («Sauthempton»), Nik Poup («Byornli»), Jeymi Vardi («Lester Siti»).
Ushbu ro‘yxatdan chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan 3-4-o‘rindagi «MYU» va «Chelsi» tarkibidan futbolchilar kiritilmadi.

Mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomiga esa to‘rt nafar mutaxassis da’vogarlik qilmoqda. Bular: Yurgen Klopp (Liverpul), Frenk Lempard (Chelsi), Kris Uaylder (Sheffild Yunayted) va Brendan Rojers (Lester). 

123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *