Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga 8 futbolchi da’vogarlik qilmoqda

APLda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga 8 futbolchi da’vogarlik qilmoqda

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan «Manchester Yunayted»ning 3 nafar futbolchisi, «Chelsi»ning esa 2 nafar o‘yinchisi joy olgan. Chempionlikka erishgan «Liverpul» safidan esa bir futbolchi kiritilgan.
Nominantlar ro‘yxati: Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Jek Grilish («Aston Villa»), Din Henderson («Sheffild Yunayted»), Meyson Grinvud, Antoni Marsyal, Markus Rashford (barchasi – «Manchester Yunayted»), Meyson Maunt, Kristian Pulishich (ikkisi ham – «Chelsi»).

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ushbu sovringa «Liverpul» himoyachisi Aleksander-Arnold munosib ko‘rilgandi.
58   
Добавить комментарий
Ваше имя: *